Irmatova Aziza Baxramovna

+998974021737
1-bino 210-xona

Irmatova Aziza Baxramovna

Dotsent Iqtisod fanlari doktori

O‘zingga ishong va barchasiga erishasan!

Biografiyasi

Irmatova Aziza Baxramovna 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, 3 nafar farzandi bor.

2001 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriatini, 2004 yilda magistraturani iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. Iqtisodiyot fanlari doktori.

Irmatova Aziza Baxramovna 2001-2006 yillarda Tadbirkorbank aksiadorlik tijorat bankida 1-toifali, yetakchi, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, Bank kredit portfeli monitoringi boshqarmasining boshlig‘i, 2007-2010 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti, 2010-2016 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan. Hozirgi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Inson resurslarini boshqarish kafedrasi dotsenti.

2001 – 2003 yy. – “Tadbirkorlik” aksiyadorlik tijorat banki 1-toifali mutaxassisi.

2003 – 2004 yy. – “Tadbirkorlik” aksiyadorlik tijorat banki Bank kredit portfeli monitoringi bo‘limi bosh mutaxassisi.

2004 – 2007 yy. – “Tadbirkorlik” aksiyadorlik tijorat banki Bank kredit portfeli monitoringi bo‘limi boshlig‘i.

2006 – 2009 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti.

2010 – 2011 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Mehnat iqtisodiyoti va aholishunoslik” kafedrasi assistenti.

2011 – 2011 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Mehnat va ijtimoiy soha iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti.

2011-2015 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Mehnat va ijtimoiy soha iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2015–2016 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2016 y. – 2021 y. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktoranti (DSc).

2022 y. – x.k. Inson resurslarini boshqarish kafedrasi dotsenti.

Ta'lim

Ilmiy ishlari

Qobiliyatlari

Inglis tili70%
Notiqlik85%
Kommunikativlik90%
Kompyuter savodhonlik90%