Respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanishida iqtisodiyot tarmoqlari barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. “Iqtisodiyot” fakulteti 1952 yilda “Iqtisodiy rejalashtirish” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 1960-1963 yillarda “Mehnat iqtisodiyoti”, “Xalq xo‘jaligi rejalashtirish” ixtisosliklari bo‘yicha, 1968 yildan “Savdo iqtisodi”, 1969 yildan “Narx va baholash” sohasi bo‘yicha iqtisodchi mutaxassisliklar tayyorlangan. 1970-1971 o‘quv yilida “Iqtisodiy rejalashtirish” fakulteti uchta ixtisosliklar asosida “Savdo iqtisodiyoti” fakulteti tashkil topdi. 1980-1981 o‘quv yilida fakultetning “Xalq xo‘jaligini rejalashtirish” va “Sanoatni rejalashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlartayyorlandi. 1985 yilda fakultetda “Mehnat iqtisodi” yo‘nalishi tashkil etildi.
Iqtisodiyot fakulteti O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, universitet rektorining tegishli buyruq va ko‘rsatmalari asosida faoliyat yuritadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida takomillashtirilgan. Fakultet talabalari va magistrlarining o‘quv jarayoni to‘liq kredit-modul tizimiga asosida tahsil olishmoqda.
Bitiruv oldi amaliyotini o‘tishda belgilangan o‘quv jadvaliga muvofiq, talabalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika Agentligi, Viloyat, shahar va tuman hokimiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa turli tashkilot hamda korxonalarda o‘z nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etib, amaliyot o‘tish jarayonida mavjud yangiliklar, yo‘riqnomalar, qaror va qonun-qoidalar bilan mukammal tanishish imkoniyatiga ega.
Barqaror iqtisodiyot va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shish, mutaxassis va etakchilar sifatida yuksak bilimli kadrlarni tayyorlash.
Missiyaning asosiy yo‘nalishlari:
• iqtisodiyot tarmoqlari uchun ijodiy qobiliyatga ega, olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda innovatsion qarorlar qabul qiladigan yangi avlod biznes rahbarlarini tayyorlash;
• mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishda munosib hissa qo‘shish;
• iqtisodiy taraqqiyot va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun inson kapitalini rivojlantirishda faol ishtirok etish;
• yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida fakultet faoliyatini doimiy rivojlanishini ta’minlash
• ilm-fan, innovatsiyalar, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida mintaqamizdagi muammolar yechimini ilmiy asoslab berish;
• mutaxassislar va etakchilar sifatida yuqori ish bilan ta’minlangan bitiruvchilarni etishtirish.
Fakultetda hozirgi kunda 19 nafar professor, 41 nafar 23 nafar katta o‘qituvchi va assistenlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 72,2 foizni tashkil etadi. Fakultetda jami 46 ta magistratura tinglovchilari uchun va 37 ta bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun fanlar mavjud.
+998-71-239-29-58
Dushanba – Juma 9:00 – 17:00
Student Resources