Diqqat talov! «Biz zo’ravonlikka qarshimiz»

📣📣📣Diqqat talov!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti talaba qizlari o’rtasida «Biz zo’ravonlikka qarshimiz» mavzusi doirasida eng yaxshi insholar tanlovi e’lon qilinadi.

🔸Tanlov uchun talablar;

✅Taqdim etiladigan insholar dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan xotin-qizlar muammolari va ularning yechimiga qaratilgan batafsil tahlil, fikr va mulohazalarni  qamrab olishi lozim.

🔸Tanlov shartlari; 

      ✔️Tanlovga taqdim etiladigan insholar ( o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida) kompyuter Word dasturida Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda, 1 intervalda chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bo‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik, tahrir qilingan bo‘lishi shart. 

      ✔️Yozma materiallarda talabalarning o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.

     ✔️Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlatiladi.

🏆G’oliblar «Xotin qizlar» kengashi tomonidan diplom va esdalik  sovg’alar bilan taqdirlanadi.

📝Imkoniyatni qo`ldan boy bermang, bu aynan siz uchun!!!

⏰Taqdim qilish muddati: 2023-yil 26-oktabr kuniga qadar @sagdiyana_s telegram akkauntiga yuboriladi.

Leave a Reply