Dilafza Boltayeva Navoiy nomli stipendiyasi sohibasi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli,  2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 226-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 19-dekabrdagi “2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘i asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 9 nafar iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiya sohiblari bo‘lishdi.

Jumladan, Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs EK-51 guruh talabasi Boltayeva Dilafza Jumaqulovna Navoiy nomli davlat  stipendiyasini qo’lga kiritdi. Ilmiy rahbari Xajiyev Baxtiyor Dushaboyevich.

Leave a Reply