Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030–yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019 yil 8-oktabrdagi PQ-5847-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan 2023-yil 5-oktabrda “Yangi O‘zbekiston: makroiqtisodiy barqarorlik va inklyuziv o‘sish omillari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani oʼtkazildi.
Mazkur anjumanda mamlakatimizning yetakchi iqtisodchi olimlari, ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari, amaliyotchilar xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi, professor Y.Sh.Fayzullayev, F.F. Nasriddinov, hamda xalqaro amaliyotchi mutaxassislardan, Gretsiyaning “EMKAT SA” innovatsion – injiniring kompaniyasi Prezidenti Petros Gialamas ishtirok etishdi.
Anjumanni universitet rektori K.A. Sharipov O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inklyuziv o‘sishini ta’minlash uzoq muddatli barqaror rivojlanishning muhim omili ekanligi hamda ushbu mavzu yuzasidan universitetda ilmiy tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish lozimligini ta’kidlagan holda tadbirni ochib berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sh.U. Turdikulova anjumanni ochilish munosabati bilan so‘zga chiqdi.
Anjuman davomida, dasturda qayt etilgan olim va mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan birin-ketin so‘zga chiqdilar.
Anjuman qizg’in va do‘stona muhitda davom etdi. Anjuman ishtirokchilari “Yangi O‘zbekiston: makroiqtisodiy barqarorlik va inklyuziv o‘sish omillari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanda faol ishtiroklari uchun sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Ushbu tadbirni tashkil etishda fa’ol ishtirok etgan Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish kafedrasiga o‘z minnadorchiligimizni bildiramiz!