Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiyot fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasining professor-oʻqituvchilari: M. N. Kamalova, U.A. Azimova, M. S. Muhitdinova va S. R. Tashevalar Yashnobod tumanida joylashgan «NURLI» №77 ixtisoslashtirilgan oʻrta taʼlim maktabining bitiruvchi-yoshlari uchun tashkillashtirilgan «Soʻnggi qoʻngʻiroq» tadbirida faol ishtirok etdilar hamda ushbu tadbirni koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Tadbirda bitiruvchi yoshlarni samimiy tabriklab, quyidagi fikrlar bildirildi: «Odamzod ilmni oʻrganish orqaligina hosil qiladi». Oʻrganish esa kishining tafakkuri, narsa va hodisalarga kuchi yetganicha aniqlik kiritishdir. Ilmni odam bolasi yaratilgandan boshlab toʻxtovsiz ravishda oʻrganadi. Ilm axloqi odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi. Kishi qalbining nuri, ilmi va maʼrifati bilan baquvvat boʻladi. Ilmdan hali hech kim zarar koʻrgan emas. Ilmni egallab olish esa bir sanʼatdir. Yaxshi tahsil koʻrgan va ilm nuri bilan xulqini yaxshilagan har bir inson har yerda izzat topadi. Ilm-inson uchun ziynat. OTMga kirishda imtiyozlar bilan tanishtirildi.