«Sahro sadosi» festivali o’z yakuniga yetdi

«Sahro sadosi» festivalini Ellikqal’a tumani hokimi Seydamat Avezov ochib berdi. O‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga minnatdorlik bildirdi. Bu kabi yirik festivallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizmini rivojlantirishga hissa qo‘shishiga ham xazmat qilishini e’tirof etdi. 


TDIU Qoraqalpog‘istonda tashkil etgan «Sahro sadosi» festivalida turli sport o‘yinlari tashkil etildi. Xususan, maktab o‘quvchilari va TDIU talabalari o‘rtasida suvda futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Festival Ellikqal’a tumani Bolalar-o‘smirlar sport maktabining sport zalida sport musobaqalari bilan davom ettirildi. TDIU talabalari qatorida dekan va professor o‘qituvchilar ham faol ishtirok etdi.

“Sahro sadosi” festivali doirasida Aqchako’lda baliq chempionati o’tkazildi.

Festival doirasida TDIU talabalari Aqchako’l sohillarida baliqdan turli xil Qoraqalpoq milliy taomlarini tayyorlashdi. Eng diqqatga sazovor jihati shundaki, bu go’zal ko’lning qoq o’rtasida kema ichida baliq pishirish va ko’k yuzini suvda tomosha qilib baliqxo’rlik qilish imkoniyati mavjud. 

Bugungi kunda Qoraqalpog’istonning Aqchako’li turistlarni qiziqtirayotgan diqqatga sazovor manzillardan biri hisoblanadi.


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan o’tkazilayotgan «Sahro sadosi» festivali doirasidagi bayram shodiyonalari barcha yoshlar, Ellikqal’a aholisini xushnud etdi. 


«Sahro sadosi» festivali o’z yakuniga yetdi va festivalda faol ishtirok etkanlar estalik so’vg’alarbilan va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Leave a Reply