O’qitish bir tomonlama ko’cha emas. Bu bilim, g’oya va tajribaning ikki tomonlama almashinuvi
V.A. Bahriddinovning tadqiqot yo’nalishi inflyatsiya va inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatiga bag’ishlangan bo’lib, 2016 yildan buyon ushbu yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, V.A. Bahriddinov bugungi kunda 1 ta o’quv qo’llanma, 3 ta monografiya, mahalliy va xorijiy nashrlarda 10 dan ortiq ilmiy maqola hamda 20 ga yaqin ma’ruza tesizlarining muallifi hisoblanadi.
2012-2016 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
2016-2018 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti
2018-2020 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiyot” kafedrasi assistenti
2020-2021 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish” kafedrasi assistenti
2021-2023 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish” kafedrasi tayanch doktoranti (PhD)
2023 y. – h.v. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish” kafedrasi katta o’qituvchisi