Respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanishida iqtisodiyot tarmoqlari barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. “Iqtisodiyot” fakulteti 1952 yilda “Iqtisodiy rejalashtirish” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 1960-1963 yillarda “Mehnat iqtisodiyoti”, “Xalq xo‘jaligi rejalashtirish” ixtisosliklari bo‘yicha, 1968 yildan “Savdo iqtisodi”, 1969 yildan “Narx va baholash” sohasi bo‘yicha iqtisodchi mutaxassisliklar tayyorlangan. 1970-1971 o‘quv yilida “Iqtisodiy rejalashtirish” fakulteti uchta ixtisosliklar asosida “Savdo iqtisodiyoti” fakulteti tashkil topdi. 1980-1981 o‘quv yilida fakultetning “Xalq xo‘jaligini rejalashtirish” va “Sanoatni rejalashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlartayyorlandi. 1985 yilda fakultetda “Mehnat iqtisodi” yo‘nalishi tashkil etildi. Hozirgi kunda fakultet “Iqtisodiyot” nomi bilan ish yuritilib kelmoqda. Hozirda fakultetda 2 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.
FAKULTETNING MISSIYASI
Barqaror iqtisodiyot va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shish, mutaxassis va etakchilar sifatida yuksak bilimli kadrlarni tayyorlash. Missiyaning asosiy yo‘nalishlari: • iqtisodiyot tarmoqlari uchun ijodiy qobiliyatga ega, olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda innovatsion qarorlar qabul qiladigan yangi avlod biznes rahbarlarini tayyorlash; • mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishda munosib hissa qo‘shish; • iqtisodiy taraqqiyot va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun inson kapitalini rivojlantirishda faol ishtirok etish; • yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribalari asosida fakultet faoliyatini doimiy rivojlanishini ta’minlash • ilm-fan, innovatsiyalar, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida mintaqamizdagi muammolar yechimini ilmiy asoslab berish; • mutaxassislar va etakchilar sifatida yuqori ish bilan ta’minlangan bitiruvchilarni etishtirish.
FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALAR
Fundamental iqtisodiyot; Tarmoqlar iqtisodiyoti; Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish; Inson resurslarini boshqarish; O‘zbek tili va adabiyoti.
Accounting majors take a full year of accounting: Principles of Accounting I and II, during your the year.
As Juniors, you will enroll in interm. Accounting I and II, it will you a comprehensive understanding of accounting practice, thoery and financial report.
Senior year will give you a great opportunity to specialize in an area of interest by pairing Accounting Topics with electives of your choosing.
We will assist students in preparing for the Certified Public Accounting Exam through our self study programs.