Kafedra

Fundamental iqtisodiyot kafedrasi

Kafedra haqida

Kafedra 1931 yil Toshkent moliya-iqtisod instituti (1967 yildan Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, 1991 yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti deb nomlangan)ning “Siyosiy iqtisod” nomi bilan tashkil topgan. 1992-2020 yillarda “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi sifatida, 2020 yildan buyon esa “Fundamental iqtisodiyot” kafedrasi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu davrlarda kafedraga quyidagi mashxur iqtisodchi olimlar mudirlik qilishgan:

  1. 1.1948-1951 y.y. – i.f.n., dots. D.D.Stolyarov;
  2. 2.1952-1954 y.y. – i.f.n., dots. I.N.Togoyev;
  3. 3.1954-1960 y.y. – i.f.n., dots. N.E.Omelin;
  4. 4.1960-1966 y.y. – i.f.d., prof. A.M.Aminov;
  5. 5.1966-1974 y.y. – i.f.d., prof. N.D.Djabbarov;
  6. 6.1976-1981 y.y. – i.f.d., prof. A.M.Aminov;
  7. 7.1982-1984 y.y. – i.f.n., dots. A.N.Popov;
  8. 8.1984-1985 y.y. – i.f.n., prof. T.E.Ergashev;
  9. 1985-2009 y.y. – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, i.f.d., prof. Sh.Shodmonov;
  10. 2009-2014 y.y. – i.f.d., prof. U.V.G‘afurov.
  11. 2014-2016 y.y. – i.f.d., prof. T.S.Rasulov
  12. 2016-2022 y.y. – i.f.n., dots. B.D. Xajiyev
  13. 2022 yildan – hozirgi kunga qadar i.f.n., dotsent Mamaraximov Bekzod Erkinovich kafedrani boshqarib kelmoqda.

TDIU Iqtisodiyot fakultetining “Fundamental iqtisodiyot” kafedrasi tarkibida ilg‘or, taniqli va O‘zbekiston ilm-faniga o‘z hissasini qo‘shgan iqtisodchi-olimlar, i.f.d., professorlar M.M.Qoriyev, S.S.G‘ulomov, K.N.Popadyuk, V.S.Nexay, T.T.Jumaqulov, M.X.Zaynutdinov, M.Ya.Perper, N.Abdullayev, M.Rasulov, Sh.Shodmonov; dotsentlar: L.I.Kogan, A.T.Tuxtaboyev, E.M.Brailovskaya, T.K.Kosimov, I.S.Reut, F.Mixalev, R.Aldjanov, A.Shokirov, Z.Safarova, I.I.Inomov, M.I.Inomov, V.N.Nikiforov, T.Goncharova, M.S.Osminina, U.Umurzakov, K.M.Mirzayev, M.M.Tursunova, N.Usmanov, F.Bekkulbekov, T.Ziyayev, B.Kalanovlar mehnat qilishgan.

Fakultetning kontakt ma’lumotlari

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, 1-bino, 2-qavat.

+998-71-239-29-58

Dushanba – Juma 9:00 – 17:00

Student Resources