G‘oyipnazarov Sanjar Baxodirovich

+998909744822
1-bino 210-xona

G'oyipnazarov Sanjar Baxodirovich

Kafedra mudiri

Ilm, ishonch va xarakat uyg`unligi – muvafaqqiyat kalitidir!

Biografiyasi

1985 yil 29 iyunda Jizzah viloyatining Arnasoy tumanida ziyoliy oilasida tavallud topgan. Oilali, ikki nafar farzandi bor. O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati O`zbek. 2006 va 2008 yillarda Namangan Muxandislik Quriliush Institutining “Menejment” ta`lim yo`nalishi va mutaxassisligini tamomlagan. 2012 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasini aspiranturasini tamomlagan. 2011 Hindistonning Tadbirkorlikni rivojlantirish institute va 2012 yilda Malayziyaning Mara texnologiyalari universitetida hamda 2021 yil Sankt Peterburgdagi Buyuk Pyotr nomidagi Politexnika universitetlarida malaka oshirgan. 2018 yilda i.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo`lgan va 2020 yilda “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo`yicha dosent ilmiy unvonini qo`lga kiritgan. Bugunga qadar 50 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlarning muallifi hisoblanadi.

2002-2006 yy.  Namangan muxandislik pedagogika instituti talabasi.

2002-2008 yy .Namangan muxandislik pedagogika instituti magistranti.

2008-2009 yy. Namangan shahar Qurilish va kommunal kasb-hunar kollejida o‘qituvchi.

2009-2012 yy. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi aspiranti.

2013-2017 yy. Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi o‘qituvchisi.

2017-2018 yy. Toshkent moliya instituti “Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash” bo‘limi boshlig‘i.

2018-2019 yy. Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi o‘qituvchisi.

2019-2019 yy. Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2019-2019 yy. Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi dotsenti.

2019-2020 yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” kafedrasi dotsenti

2020 y- h.v. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Inson resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri.

 

Ta'lim

Ilmiy ishlari

Qobiliyatlari

inglis tili 80%
Oratorlik qobiliyati80%
Kommunikativlik80%
Sport80%
Kompyuter savodhonlik90%